"Navbahor" futbolchisi keyingi yil Rossiya premer-ligasida o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
4 noya 2017, 14:21
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Oston O'runov keyingi yil legionerga aylanishi mumkin.

2000 yilda tug'ilgan futbolchi keyingi mavsum Rossiyaning "Krasnodar" klubiga ko'chib o'tishi mumkin. Aslida u shu yildayoq Rossiyaga ketishi mumkin edi. Ammo 18 yoshga to'lmagani uchun o'tish amalga oshmay qolgandi.

Bu mavsum O'runov oliy ligada 6ta o'yinda maydonga tushib maydonda 410 daqiqa harakat qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia