"Navbahor" Alisher Mahmudov klubni tark etganini tasdiqladi

Tolibjon Qosimov
2 fev 2017, 11:47
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachi Alisher Mahmudov jamoani tark etganini tasdiqladi.

Kecha saytimiz orqali bu haqda xabar bergan edik.

"Bugun jamoamiz Toshkentda navbatdagi yig'inni boshlaydi. Jamoamiz a'zolari birozdan keyin “O'zbekiston” mehmonxonasida to'planishadi. Mashg'ulotlarga esa kunning ikkinchi yarmida kirishiladi. Mashg'ulotga qadar jamoa a'zolari uchun  “Futbol qoidalaridagi o'zgarishlar” mavzusida seminar tashkil etiladi. Shu o'rinda jamoa tarkibida o'zgarish ro'y berganligini aytib o'tish joiz. So'nggi yillarda “Navbahor” sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Alisher Mahmudov boshqa jamoaga o'tadigan bo'ldi. Shu sababli mahoratli yarim himoyachi navbatdagi yig'inga jalb etilmadi. Fursatdan foydalanib, “Navbahor” futbol klubi va jamoa muxlislari nomidan Alisher Mahmudovning keyingi faoliyatiga omad yor bo'lishiga tilak bildirib qolamiz", - deyiladi klub rasmiy saytida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz