Bu g'alaba qarshiliklar uchun tarixiy g'alabaga aylandi. Sababi klub hozirga qadar “qaldirg'ochlar”ni oliy liga doirasida umuman mag'lub eta olmagandi. Shu kunga qadar bo'lib o'tgan 13ta o'yinning 8tasida “Bunyodkor” g'alaba qozongandi. 5ta o'yinda durang qayd etilgandi.
Bundan tashqari “Nasaf” bu mavsumda o'z maydonida mag'lub bo'lmagan yagona jamoaga aylandi. “Ajdarlar” Qarshida kechgan 13ta o'yindan 11tasida g'alabaga erishdi, 2ta bahsda mehmon jamoa bilan durang qayd etishdi.
“Nasaf” o'tgan yillarda faqat bir marta bunday natijaga erishgandi. 2000 yilgi mavsumda “ajdarlar” o'z maydonlarida bo'lib o'tgan 19ta o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazishgan (18 g'alaba va 1 durang). Oradan 13 yil o'tib Qarshi klubi mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlay oldi.