"Napoli"ga PSJ futbolchisi kerak

3 apr 2020, 01:24
PSJ hujumchisi Edinson Kavani Neapolga qaytishi mumkin.

"Tuttosport" nashri xabariga ko'ra, "Napoli" yana Kavaniga qiziqish bildirishni boshladi.  Italiya klubi urugvaylik futbolchiga yillik 7 mln evro maosh (shuningdek, oldindan 7 mln evro) taklif qilmoqda. Eslatib o'tamiz, Kavani PSJga o'tguniga qadar 2010-2013 yillarda "Napoli" sharafini himoya qilgandi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida 14 o'yinda maydonga tushgan 33 yoshli forvard 4ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport