"Napoli" Iguainga yangi shartnoma taklif qildi

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2016, 12:43
"Napoli" o'z hujumchisi Gonsalo Iguainga shartlari yaxshilangan yangi bitim taklif qildi.

Forvardning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakunlanadi. Yangi kelishuvga ko'ra, argentinalikning maoshi 5 mln. evrodan 7 mln. evroga oshadi. Yangi bitim bo'yicha futbolchining badal puli 94 mln. evro emas, 70 mln. evro bo'ladi.

"Men pullarni stolga qo'ydim, u yangi shartnomaga munosib" - deydi "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis.

Iguain yakunalngan mavsumda 36 ta gol urdi va 66 yillik rekordni yangiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport