

"Ronalduga qarshi o'ynash juda qiyin bo'ladi, biroq Portugaliyaga bilan uchrashuvga yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Krishtianu - "Real"ning yetakchi futbolchisi, uni to'xtatib qolishga harakat qilamiz.
Bizga qarshi faqatgina Ronaldu o'ynamaydi, raqib termasida ajoyib futbolchilar etarlicha. Biz JCHning finaliga qadar yetib borishni, turnirda ideal darajada qatnashishni istaymiz", - dedi Nacho.



