"MYU" rahbariyati Runi bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonmoqda

Tolibjon Qosimov
26 okt 2013, 12:44
"Qizil iblislar" rahbariyati klub hujumchisi Ueyn Runi "Old Trafford"da yana to'rt yil qolishiga ishonishmoqda, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
28 yoshli futbolchi ayni paytda haftasiga 250 ming funt maosh olmoqda va "Yunayted"da baxtli. Ammo taklif etilgan yangi shartnomaga imzo qo'yishga hozircha shoshilayotgani yo'q. Shunga qaramay "Manchester Yunayted"dagilar Runi baribir shartnomani uzaytirishiga ishonishmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net