Mxitaryan va Mourinyo o'rtasida nizo chiqdi

16 dek 2017, 01:50
“MYU” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan va jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelisholmay qolishgan.

Portugaliyalik mutaxassis Armaniston terma jamoasi futbolchisininng Premer liga doirasida “Brayton” ga (1:0) qarshi bahsidagi harkatlaridan norozi bo'lgan.

Mourinyo ushbu o'yinni tahlil qilish chog'ida Mxitaryanga o'z etirozlarini bildirib o'tgan. Keyinchalik ular ushbu holat bo'yicha muhokamani “MYU” bazasi tahlil xonasi koridorida ham davom ettirishgan.

Armanistonlik yarim himoyachi “MYU”Ning so'nggi sakkiz uchrashuvidan bittasida maydonga tushdi. 25 noyabr kuni “Brayton” ga (1:0) qarshi bellashuvning 71-daqiqasida u zaxiradan maydonga chiqarildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN