

"Klub faoliyatida doimo ulkan zafarlar va keskin sho'ng'ishlar bo'lib turadi. Bu hayotning bir qismi. O'ylashimcha so'nggi yillar MYU uchun oson va omadli bo'lmadi. Lekin endi barchasi o'zgarishiga ishonaman. Jamoani avvalgi darajasiga qaytarish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bu oson bo'lmaydi, ammo biz oxirigacha kurashamiz".
Eslatib o'tamiz, APL yangi mavsumining 1-turida MYU "Vest Xem" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi (4:0).



