Mourinyu A Seriyaning uy uchrashuvida mag'lubiyatga uchramaslik borasida rekord o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 01:50
"Roma" Italiya chempionatining 7-tur uchrashuvida "Empoli"ni mag'lub etdi (2:0).

Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu A Ceriyaning uy uchrashuvlarida mag'lubiyatsiz seriyasini 42 taga etkazdi, bu uch ochkolik davrdagi rekord (1994/95 yildan buyon) sanaladi.

Mourinyu bu orqali "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining rekordini yangiladi, u 2015 yilning sentyabridan 2017 yilning sentyabrigacha o'z uyida yutqazmagan.

Portugaliyalik mutaxassis joriy mavsum "Roma" ustozi hisoblanadi. U 2008 yildan 2010 yilgacha "Inter"ni boshqargan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports