Mourinyo: "Klubni emas, terma jamoani boshqarishni afzal ko'rardim"

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2021, 22:01
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliyaga qaytishi haqida gapirdi.

"Agar qulay imkoniyat va tomonlarining meni taklif qilish istagi paydo bo'lsa, unda klubni emas, balki terma jamoani boshqarishni afzal ko'raman.

Ammo orttirgan tajribam menga "hech qachon" demaslikni o'rgatgan, ayniqsa futbolda. Dunyo ulkan bo'lib tuyuladi, aslida u tor. Men hech narsani istisno qilmayman", - deydi Joze.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GQ