

Ma'lum bo'lishicha, agar "Chelsi" rahbariyati Joze Mourinyo bilan xayrlashishni istasa ispaniyalik mutaxassis jamoaga bosh murabbiy bo'lishi mumkin. Oldinroq direktorlar kengashi portugaliyalikka ishonch bildirgan edi, ammo jamoaning natijalari yaxshilangani yo'q. "Chelsi" Premer-liganing 10-turidan so'ng 11 ochko bilan 15-o'rinni egallab turibdi.
Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" egasi Roman Abramovich Gvardiola iqtidorining muxlisi hisoblanadi.



