Montella: "Parma"ga qarshi o'yindan hafsalam pir bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
1 okt 2013, 11:37
"Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenco Montella "Parma"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Juda xafaman. Albatta, siz "Fiorentina" uch ochkoga haqli edi deyishingiz mumkin, ammo "Parma" ham o'z uyiga haqli bir ochko bilan qaytmoqda.

Bunday o'yinlarda g'olib chiqish uchun tajriba kerak. Biz sabrli bo'lmadik va so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborib g'alabani qo'ldan chiqardik", - deydi Montella.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru