Miyatovich Mbappening kelajagi haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2021, 22:40
"Real" sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich PSJ hujumchisi Kilian Mbappening aql bovar qilmaydigan kelajagi borligini aytdi.

Yugoslaviya terma jamoasi sobiq futbolchisi (73 uchrashuvda 28 ta gol) fransiyalikning Chempionlar Ligasi 1/8 finali birinchi uchrashuvida "Barselona"ga qarshi o'yinda ko'rsatgan o'yinidan (4:1) hayratda.

Eslatib o'tamiz, Mbappe ushbu o'yinda xet-trik qayd etgandi.


"U haqiqiy yulduzga aylandi. O'zi o'yindan oldin shunday edi, o'yindan keyin ham shunday bo'lib qoldi.

U kelajakda "Oltin to'p"ni oladi. Va u ushbu sovrinni ko'p yillar davomida qabul qilib oladi, bunga ishonchim komil", – deydi Miyatovich.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Larguero