Mish-mish: Aleksis "Arsenal" bilan Bornmutga uchmadi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2018, 16:12
"Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanchesning qishki transfer oynasida klubni tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.

Xorij OAVda ma'lum qilinishicha, chililik Premer-liganing 23-tur uchrashuvi uchun "Arsenal" bilan Bornmutga uchmagan. Aleksis muzokaralar uchun "to'pchilar" o'yinini o'tkazib yuboradi.

Sanchesga "Manchester Siti" hamda "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Hozircha hujumchi Manchesterning qaysi klubini tanlagani ma'lum emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia