Mirjalol Qosimov: "Navro'z bayrami muborak bo'lsin"

Narzulla Saydullayev
21 mar 2015, 17:07
Milliy terma jamoa tarkibini e'lon qilar ekan, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov, fursatdan foydalanib, O'zbekiston aholisini kirib kelgan Navro'z bayrami bilan tabrikladi.
“Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimizga kirib kelgan Navro'z bayrami bilan o'z nomimdan va futbolchilar nomidan tabriklamoqchiman. Yurtimiz hamisha tinch va osoyishta bo'lsin, vatandoshlarimizga esa, sog'lik va omonlik tilayman. O'z navbatida biz, bizga muhlislik qilayotgan insonlarni ishonchini oqlashga harakat qilamiz”, - deydi Mirjalol Qosimov.

“Yangi mavsumda bizni ko'plab qiziqarli va oson bo'lmagan uchrashuvlar kutib turibdi. Ushbu o'yinlar oldilan Janubiy Koreya va Yaponiyadek Osiyoning eng kuchli jamoalariga o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish juda foydali” – deya, qo'shimcha qildi bosh murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com