Mirjalol Qosimov bugun Toshkentga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
26 may 2014, 10:41
24 may kuni Lissabonda bo'lib o'tgan Yevropa chempionlar ligasi finalini tomosha qilgan terma jamoamiz ustozi yurtimizga qaytib keldi.
Mirjalol Qosimov Istanbul orqali Toshkentga uchib keldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ertaga Ummonga qarshi Olmaliq shahrida o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

29 may kuni Toshkentdagi "Jar" stadionida Ummon bilan ikkinchi bahs bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia