Dibalaning keyingi manzili ma'lum

Khoja
9 mar 2026
"Roma" hujumchisi Paulo Dibalaning yozda jamoasini o'zgartiradi.

Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, hujumchi shu yozda Argentinaning "Boka Xuniors" klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Dibalaning "Roma" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyungacha amal qiladi va u shundan so'ng erkin agentga aylanadi. Manbaga ko'ra, "Roma" argentinalik futbolchi bilan  shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokara olib bormayapti. Dibalaning o'z vataniga qaytishni istamoqda.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum 21 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: Tuttomercatoweb