"Milan" Balotellini "Real"ga sotishni istamadi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013, 16:32
Il Corriere dello Sport nashrining xabariga ko'ra, "Real"ning yangi ustozi Karlo Anchelotti yozda "Milan" hujumchisi Mario Balotellini sotib olishni rahbariyatdan so'ragan.
Ammo "rossonerilar" madridliklarning taklifiga rad javobini berishdi. Milan shahri klubidagilar Italiya terma jamoasi hujumchisi sotilmasligini va uning shartnomasida hatto transfer narxi ham yozilmaganini takidlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net