Mikel Arteta: "Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyatni qabul qilish qiyin"

Narzulla Saydullayev
16 apr 2022, 23:10
Murabbiy mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Arsenal" bosh marabbiyi Mikel Arteta "Sautgempton"dan (1:0) uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi. Ma'lumot uchun, "Arsenal" o'zining APLdagi oxirgi uchta o'yinida mag'lubiyatga uchradi.

"Mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. O'yinni nazorat qildik. Ammo qanday mag'lubiyatga uchraganimizni tushuna olmayapman. Juda ko'p zarbalarimiz noaniq ketdi. Oxirida mag'lubiyatga uchradik. Standartdan o'tkazgan golimiz juda alamli bo'ldi. Yaratgan vaziyatlarimizdan uch yoki to'rtta gol urishimiz lozim edi. Jamoa g'alabani qanchalik istaganini o'zingiz ko'rdingiz, -deydi Mikel Arteta.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports