“Metallurg”: 5 nafar yangi o'yinchi rasman jamoa a'zosiga aylandi

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2016, 16:07
Bugun davralar oralig'ida “Metallurg” tarkibiga kelib qo'shilgan 5 nafar o'yinchi O'zbekiston futbol federatsiyasi Professional futbol ligasining sport bo'limidan rasman ro'yxatdan o'tkazildi.

Qo'shimcha buyurtmadan o'rin egallagan futbolchilarning 4 nafari hujumchi, bir nafari esa himoyachidir.

Bular – Farrux Shotursunov, Sardor Rasulov, Sherzod Jalilov, Sardor Inomjonov hamda Muhammadjon Sultonovlardir. Sardor Inomjonov “Metallurg” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'tgan yili Jizzaxning “Zomin” jamoasidan tushgan taklifga rozilik bildirgandi. Inomjonovdan tashqari qadrdon jamoasiga Sardor Rasulov ham qaytdi. U olti oy mobaynida “Sho'rtan” tarkibida faoliyat olib bordi. “Metallurg” murabbiylari “Obod” jamoasida to'p surgan Sherzod Jalilov hamda “So'g'diyona”dan tarkibga kelib qo'shilgan Farrux Shotursunovlarga katta umid bildirishayapti. Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida tug'ilib, poytaxtning “NBU-Osiyo” jamoasida o'ynab kelgan Muhammadjon Sultonov tarkibga qo'shilganlar orasida eng yosh futbolchidir. Mazkur futbolchilarga “Metallurg”da quyidagi raqamlar tegdi:


#

Ismi sharifi

Tug'ilgan sanasi   

Ampluasi     

So'nggi jamoasi   

11      

Farrux Shotursunov

11.05.1992

Hujumchi

“So'g'diyona”

21

Sardor Rasulov

5.09.1989

Hujumchi

“Sho'rtan”

23

Sherzod Jalilov

23.02.1991

Himoyachi

“Obod”

51

Muhammadjon Sultonov     

9.06.1997

Hujumchi

“NBU-Osiyo”

55

Sardor Inomjonov

9.12.1993

Hujumchi

“Zomin”


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: metallurg-pfc.uz