"Messini to'xtatish oson bo'lmadi" - Depay

Sherzod Nurmatov
10 dek 2022, 14:26
Memfis Depay JCH-2022 1/4 finali doirasidagi Niderlandiya – Argentina (2:2, penaltilar bo'yicha – 3:4) bahsidan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz qiyin o'yin bo'lishini kutgandik, ammo bu haqiqiy jang bo'lib chiqdi. 0:2 hisobida yutqazayotgandik, lekin o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmadik. Ko'rganingizdek, muvozanatni tiklay oldik. Albatta, penaltilar seriyasida yutqazganimizdan xafamiz. Lekin bilasizki, penalti seriyasisiz ham hammasi tugashi mumkin edi.

Aytish mumkinki, Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Bugun uni to'xtatish oson bo'lmadi. Biroq jamoamiz yaxshi harakat qildi. U – afsona. Men unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.

Bu – futbol. Siz boringizni berib o'ynaysiz. Bolalikdan ko'p narsalarni qurbon qilasiz. Bu o'yinga tayyorgarlik va hokazo, bu shunchaki o'yinning o'zi emas. Menimcha, futbolchining ko'z yoshlari ko'p narsani anglatadi. Kiyinish xonasida juda ko'pchilik ichki hislarini yashirolmadi. Bizda faxrlanadigan ko'p narsalar bor. Buni bir-birimizga aytdik.

Jamoamiz yaxshi shakllangan. Davlatimiz kichkina. Bugun stadion ko'k va oq rangda edi. Mamlakatimiz kelajakka intilmoqda. Bizda istedodlar bor. Kelajak ham bor", – dedi Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ