Messiga raqib topildi. Pentek 27ta o'yinda 26ta gol urdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019, 14:27
"Milan" hujumchisi Kshishtof Pentek "Empoli"ga qarshi A Seriyaning 25-tur uchrashuvida (3:0) gol urishga muvaffaq bo'ldi.

23 yoshli polshalik "Milan" safida o'tkazgan so'nggi 6ta o'yinda 7ta gol urdi. A Seriya to'purarlar bahsida u "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldudan (19ta gol) bitta to'p orqada qolmoqda.

Pentek joriy mavsum klublar darajasida barcha turnirlarda o'tkazgan 27ta bahsida 26 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha u faqat "Barselona" forvardi Lionel Messidan orqada. Messi 31ta bahsda 30ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Milan TV