Messidan boshqa hech kim muxlislar oldiga kelmadi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2018, 10:26
Islandiyaga qarshi uchrashuvdan bir necha soat oldin muxlislar Argentina terma jamoasi futbolchilaridan imzo olish, suratga tushish uchun avtobus keladigan joyga yig'ilishdi.

Argentinalik futbolchilarning ishqibozlar bilan shunchaki salomlashib o'tib ketishdi. O'yinchilardan xafa bo'lgan muxlislardan biri quyidagi gap bilan futbol yulduzlariga murojaat qildi:

"Bor-yo'g'i bitta surat, biz bu uchun erning narigi burchagidan keldik".

Hujumchi Lionel Messi esa qolganlar kabi o'tib ketishni istamadi va muxlislarning orzularini ro'yobga chiqardi.

TAS-IX



TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Ricardo_VGV_