Messi yozda boshqa klubga o'tishni rejalashtiryapti

Aslanov Jasurbek
13 okt 2017, 12:19
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi joriy mavsum oxirida Kataloniya klubini tark etishi mumkin.

30 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi va ispan jamoasi rahbariyati argentinalik bilan yangi kelishuv borasida bir to'xtamga kela olmayapti. Oldinroq, Messi yangi bitim tuzishi uchun 89 mln. evro taklif qilingani ma'lum bo'lgandi.

Futbolchining o'zi klubda qolish borasida ikkilanmoqda. Neymar PSJga o'tganidan so'ng, Messi o'z kelajagi haqida o'ylab qoldi. Kataloniyadagi siyosiy holat ham Lionelga ta’sir qilgan.

"Manchester Siti" argentinalik uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi. Messi ham ushbu variantni ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun