Messi XXI asr rekordini o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 12:16
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi rekordlarni yangilashdan charchamayapti.

Argentinalik forvard "Leganes"ga qarshi LaLiganing 20-tur o'yinida (3:1) zaxiradan maydonga tushib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shunday qilib, Messi zaxiradan o'yinga qo'shilib 22ta gol urgan Ispaniya chempionatining XXI asrdagi birinchi futbolchisiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi LaLiga to'purarlar jadvalida 18ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Vivabarca.net