Messi va Suares jarohatidan qutuldi

9 sen 2019, 08:45
Kataloniyaliklarning ikki asosiy yetakchisi jarohatidan forig' bo'ldi.

Luis Suares hamda Lionel Messi jarohatidan qutulib, “Barselona” mashg'ulotlariga qaytishga shay holatga keldi.

Endi ikkala futbolchi ham La Liga doirasida “Valensiya”ga qarshi maydonga tushishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Messi yangi mavsumda hali “Barselona” safida maydonga tushgani yo'q. Suares esa La Liganing 1-turidayoq jarohat olgandi.

“Barselona”-“Valensiya” bellashuvi 14 sentyabr kuni 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo