Messi: "Fati - fantastik o'yinchi va men unga yordam berishga harakat qilaman"

Alisher
25 sen 2019, 18:27
Fati Messi, Suares va Dembelelarning jarohati tufayli bosh jamoada o'ynash baxtiga muyassar bo'ldi.

"Fati menga yoqadi va unga yordam berishga harakat qilaman. U - fantastik o'yinchi, unda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha sharoit bor.

U huddi men kabi karerasini davom ettirishini xohlardim. Faqatgina u hali 16 yosh ekanligini unutmasligimiz lozim.

Menga o'shanda Ronaldinyo va Raykaardlar yordam berishgan edi. Murabbiy meni bir necha marta tarkibga kiritmagan va bundan juda g'azablanganman. Endi yoshim ulg'aygach hammasini tushunyapman", - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com