Messi "Barselona" bilan shartnomani uzaytirgani uchun yaxshigina pul oladi

Tolibjon Qosimov
6 iyul 2017, 09:16
"Barselona" futbolchisi Lionel Messi klub bilan shartnomasini uzaytirgani uchun 50 million evro miqdorida bonus puli oladi.

Avvalroq, "Barselona" Messi bilan yangi shartnoma tuzgani, ushbu kelishuv 2021 yilgacha amal qilishi haqida ma'lum qilingandi.

Yangi shartnomaga binoan, Messining tovon puli 300 million evro qilib belgilab qo'yildi. Yani, agar qaysidir klub Messi uchun shuncha pul to'lashga tayyor ekanligini bildirsa, u o'sha jamoaga o'tishda qarshiliklarga duch kelmaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es