Meksika – Urugvay. Suares o'yinni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016, 15:35
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares Amerika kubogi-2016 1-turida Meksikaga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.

29 yoshli futbolchi Ispaniya kubogi finalida Sevilyaga qarshi o'yinda (2:0) olgan jarohatini davolash bilan band.

Suares aniq o'ynamaydi. U hozir maydonga tushishga tayyor emas. Luis 100 foiz tayyor bo'lsagina maydonga tushiramiz, – deydi Urugvay bosh murabbiyi Oskar Tabares.

Meksika – Urugvay uchrashuvi tongda, Toshkent vaqti bilan soat 5.00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com