Suares: "Men doim tanqid bilan kurashganman"

Sherzod Nurmatov
20 noya 2025
"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares tanqidga o'rganib qolganini aytdi.

"Men doim tanqid bilan kurashganman. 18 yoshimda "Nasonal" safida debyut qilganimda, imkoniyatlarni qo'ldan boy berganim uchun tanqid qilishgan... Niderlandiyada menga semizsan deb aytishardi. "Liverpul"da esa intizom yo'qligidan nolishardi. Keyinchalik, "Barselona"da esa yomon seriya paytida tanqidga uchraganman", – dedi Suares.

38 yoshli urugvaylik futbolchi Yevropada "Groningen", "Ayaks", "Liverpul", "Barselona" va "Atletiko" jamoalarida o'ynagan. Faoliyati davomida klub darajasidagi barcha musobaqalarda 857 o'yinda 515 ta gol urgan va 278 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Teledoce