Mbappe jahon chempionatini belidagi og'riq bilan yakunladi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2018, 16:07
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatini jarohat bilan yakunladi.

Mbappe Belgiyaga qarshi JCH-2018 1/2 final bahsi (1:0) oldidan belini shikastlab oldi. PSJ futbolchisi dushga ketayotganda ehtiyotsizlik qilgan. Mbappe kuchli og'riq his qildi, ammo Fransiya terma jamoasi shifokorlari yordamida mundialning hal qiluvchi bahslarida qatnasha oldi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi Xorvatiyaga qarshi JCH-2018 finalida 4:2 hisobida g'alabaga erishdi. Mbappe turnirda 4ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe