Massimiliano Allegri: “Balki ertaga iste'foga chiqarman”

29 avg 2013, 10:52
“Milan” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri, Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida PSVga qarshi bo'lib o'tgan javob uchrashuvidagi g'alabadan so'ng (3:0), italiyan OAVni qoraladi.

“Biz Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdik. Shuning uchun aytishim mumkinki, klub ushbu yilning yanvar oyida ko'rsatgan yuqori darajadagi o'yiniga qaytdi.

Futbolchilar qattiq kurash olib borishdi, lekin PSF ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Biz uchun ikkinchi bo'lim qiyinroq kechdi.

Mana bir necha yildirki, matbuotda mening iste'foga chiqishim haqidagi xabarlar chiqmoqda. Shu sababli, balki ertaga iste'foga chiqarman. Bu haqda bugun tunda yaxshilab o'ylab ko'raman.

Bu kabi xabarlar meni jahlimni chiqaradi. Odamlar salgina obektiv bo'lishlari kerak.

OAV meni jahlimga tegishga urinadi, biroq menga bunday narsalar o'tmaydi. Men klub rahbariyati va o'yinchilari bilan yaxshi aloqadaman.

Haligacha bazi bir muxbirlar men haqimda bo'lar bo'lmas gaplarni yozishni yaxshi ko'rishadi. Men har doim xabarlardan nima qilishim kerakligi haqidagi xabarlarni o'qiyman. Men ularga o'rnimni bo'shatib berishga tayyorman. Qani ko'raylikchi, ular men erishgan natijalarga erisha olarmikinlar”, - deydi Allegri.


Manba: sports.ru