"Marca" o'quvchilari Ronalduni Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi

11 iyul 2013, 13:10
"Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu "Marca" gazetas o'quvchilari orasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra Yevropaning 2012/13 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
So'rovnomada 10ta futbolchi nomi keltirilgan edi. Portugaliyalik hujumkor yarim himoyachiga so'rovnoma ishtirokchilarining 54 foizi (12 544ta) ovoz bergan.  Ikkinchi o'rinni esa argentinalik Lionel Messi egalladi. unga qatnashchilarning 12 foizi (5235ta) ovoz bergan. 

Kuchli uchlikdan shuningdek Robert Levandovski ham joy oldi. Unga so'rovnoma ishtirokchilarining 10 foizi (2266ta) ozov bergan.

Keyingi o'rinlarda: Aren Robben, Frank Riberi, Tomas Myuller, Bastian Shvaynshtayger - hammasi  "Bavariya"dan, Garet Beyl - "Tottenxem"dan, Zlatan Ibragimovich - "PSJ"dan va Robin van Persi - "Manchester Yunayted".


Manba: sports.ru