

"Men hech nimadan arz qilmoqchi emasman. Lester" bizdan yaxshi o'ynadi. Tezkor o'tkazib yuborilgan gol uchrashuvda hal qiluvchi rolni o'ynadi. Darvozani ishg'ol etish uchun bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Lekin o'yin juda qiyin kechdi. Bellashuvning qolgan qismini yaxshiroq o'tkazishga harakat qildik. Biroq bu amalga oshmadi. Bu mag'lubiyatdan kerakli va to'g'ri xulosalarni chiqarib olishimiz lozim. Chunki oldimizda juda ko'plab muhim o'yinlar turibdi. Yevropa chempionlar ligasi ham shular jumlasidan. APLda chempionlik uchun kurash davom etadi. Hali hech narsa hal bo'lgani yo'q. Biz qo'l siltamaymiz, oxirigacha kurashamiz", - deydi Manuel Pellegrini.



