Manchini: "Hech kim 1:6 hisobida mag'lub bo'lishni yoqtirmaydi, ammo "Inter" birinchi bo'limda yaxshi o'ynadi"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2016, 11:46
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini "Tottenxem"dan uchralgan yirik mag'lubiyat (1:6) haqida fikr bildirdi.

"Hech kim mag'lub bo'lishni yoqtirmaydi, ayniqsa 1:6 hisobida, ammo biz birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. 50-daqiqadan boshlab ko'p xato qildik va bu natijaga ta’sir qildi. Mag'lub bo'lish doimo og'ir, ammo men kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishni maqul ko'raman.

Bu mavsumda chempionatni to'rtinchi o'rindan yuqoriroqda yakunlamoqchimiz, buni bajarish uchun imkoniyatimiz bor" - deydi Manchini.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia