"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" forvardiga qiziqmoqda

Alisher
29 iyul 2022, 14:10
"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" hujumchisi Pedru Netuga qiziqmoqda.

"Qizil iblislar" boshida "Ayaks"dan Antonini olishmoqchi edi, ammo Niderlandiya klubi o'yinchi uchun narxni oshirganidan so'ng klub e'tiborini "bo'rilar"ning portugaliyalik hujumchisiga qaratishdi.

22 yoshli Netu o'tgan mavsum "Vulverxempton" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fichajes.net