"Manchester Yunayted" Ronaldu ketsa, jamoaga Benzemani olib kelmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
17 avg 2022, 16:05
"Qizil iblislar" omadsiz startdan keyin transfer bozorida aktivlashib qolishgan.

Inglizlar Krishtianu Ronaldu jamoadan ketmoqchiligi sabab, butkul ishtiyoqsiz harakat qilayotganiga tan berishgan. Shuningdek, jamoa ustozi Erik ten Xag ham forvardning ketishiga rozi bo'lib ulgurgan.

Vaziyatdan kelib chiqib, "Manchester Yunayted" jamoa yulduzi klubni tark etsa, uning o'rniga "Real" sardori Karim Benzemani olib kelmoqchi. Klub vakillarining fikriga ko'ra, Ronaldu ketishidan tejaladigan mablag' sabab maosh borasida muammo bo'lmaydi va Karim gollari bilan "mankunianlar"ni yana yetakchilar qatoriga qaytara oladi.   

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian