"Manchester Siti" boshqa shaharda mashg'ulot bazasi qurmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018, 11:46
"Manchester Siti" ikkinchi mashg'ulot bazasiga ega bo'lishni ko'rib chiqmoqda.

"Shaharliklar" ikkinchi bazani Londonda qurmoqchi. Bunga sabab - "shaharliklar" raqiblarining yarmi Manchesterga nisbatan janubda joylashgan.

Bundan tashqari, "Manchester Siti" mehmondagi uchrashuvlar oldidan mehmonxonada emas, o'z bazasida istiqomat qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Londondagi baza "Manchester Siti"ning Manchestyerdagi Etihad Campus nomli bazasining kichiraytirilgan ko'chirmasi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun