Manba: Gleyzerlar MYUni sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022, 17:01
Bitim shov-shuvli bo'ladi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Gleyzerlar oilasi tez orada "Manchester Yunayted"ni qisman yoki to'liq sotish imkoniyatini qidirayotganini e'lon qiladi. Shuningdek, ular tashqi sarmoya yoki uchinchi tomon bilan hamkorlik qilish imkoniyatlaridan manfaatdor.

Gleyzerlar 2005 yilda "Manchester Yunayted"ni 790 million funtga sotib olishgan. Shu bilan birga, amerikalik ishbilarmonlar ushbu shartnoma uchun pulni kreditga olib, klub daromadi hisobidan to'lashdi.

"Manchester Yunayted"ning bozor kapitallashuvi hozirda 1,81 milliard funtga baholanmoqda. Gleyzerlar 5 milliard funt sterlingdan boshlanadigan savdo takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports