

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" Norvegiya chempioni "Molde"ga hujumchi Datro Fofana uchun 10 million evro to'laydi. Klublar o'tgan mavsumda 15 ta gol urgan 19 yoshli hujumchining transfer narxini kelishib oldi. Ammo "Chelsi" haligacha Fofana bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani yo'q. Bu yaqin orada sodir bo'lishi va transfer yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, aynan "Molde"da Erling Holand ilk bor o'zining gol urish qobiliyatini namoyon etgan.



