

"Real" juda og'ir holatda deb o'ylagandim va haq ekanman. Qanotlardagi himoyachilar Dinilo va Marselo butun maydon bo'ylab harakat qilishdi, ammo Pepe hamda Serxio Ramos birinchi marta bir-birini ko'rib turgandek o'ynadi.
Jamoa juda yomon harakat qilganidan xafaman, chunki ulardan xotirjam o'yin kutgan edim. Himoyada ular 10-12 yoshli maktab bolalaridek ko'rindi.
Barchasida murabbiyni ayblab bo'lmaydi, u "Barselona"ni mag'lub etgan tarkibni maydonga chiqargan edi" - deydi Makmanaman.



