Makmanaman Asensioga London klubiga o'tishni tavsiya qilmoqda

Alisher
16 noya 2021, 15:33
Taniqli sobiq angliyalik futbolchi Stiv Makmanaman yarim himoyachi Marko Asensioga Madridning "Real" klubidan Tumanli Albionga yo'l olishni maslahat berdi.

"Ko'p narsa Asensioning o'z xohishiga bog'liq. Menimcha, uni Londonning "Arsenal" klubi sotib olardi. Markoga u futboldan rohat oladigan jamoa kerak.

Menimcha, Asensio "kanonirlar"ga mos tushadi. Tezkor bo'lmasa ham u ajoyib o'yinchi, ammo gollar va assistlar qayd etishni biladi", - deydi Stiv.

25 yoshli ispaniyalik yarim himoyachining "blankos" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Horseracing.net.