Makmanaman: "Mane va Saloh Ispaniyaga kyetmaydi, sababi..."

Mirjalol Normatov
20 mar 2020, 21:55
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Stiv Makmanaman "qizillar" yetakchilari Muhammad Saloh va Sado Manelarning kelajagi borasida gapirdi.

"Real"da Eden Azar bor, o'tgan yozda Rodrigo sotib olindi, shuningdek, Reyner ham jamoaga o'tadi. Shu boisdan bunday mish-mishlarga e'tibor qaratmaslikni so'rardim.

Ushbu mavsumda evrokuboklar juda qiyin o'tayotgan bo'lsa-da, APL jamoalari hozirda eng yaxshilari. "Real" va "Barselona" haqida unday deya olmayman.

Garchi ko'plab futbolchi sotib olishgan bo'lsa-da, ikki klub ham ishonchni oqlay olishmadi. Ular hali ham tarkibni kuchaytirishni istashmoqda.

Nomi "Real" yoki "Barselona" bo'lsa-da, Mane va Saloh dunyoning eng yaxshi klubini tashlab ketishmaydi", - dedi Makmanaman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal