Luka Modrich Qatardagi Jahon chempionatidan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi

Iskandarov Abdulaziz
25 okt 2022, 19:45
Mundialdan so'ng Xorvatiyaning yana bir yulduzi butsalarini mixga iladi.

Sezganingizdek gap Luka Modrich haqida bormoqda. Yarim himoyachi JCH-2022dan so'ng terma jamoa bilan xayrlashishini ma'lum qildi. 

"Men allaqachon bu yoshga etgandim. Mazkur musobaqa men uchun Xorvatiya terma jamoasidagi so'nggisi bo'ladi",- deya Modrichning so'zlarini keltiradi ESPN nashri.

Ma'lumot uchun u mamlakat terma jamoasi tarkibida 152ta uchrashuvda maydonga tushgan va Rossiya-2018 Jahon chempionatida kumush medallariga ega chiqqandi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ESPN