Luis Suares: "Kuman bilan yaxshi munosabatdamiz"

Mirjalol Normatov
8 noya 2020, 10:58
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares "Barselona"dan ketgani haqida gapirdi.

- Kuman sizga yangi jamoa topishingiz kerakligini aytganida u bilan munosabatlar qanday bo'lgan?
- Kuman bilan munosabatlarimiz professional. Men uning rejalariga kirmayotganimni aytganidan keyin bir qarorga kelib olgunimcha klub mashg'ulot bazasida shug'ullanib turishimni aytib qo'ygandim.

Uch hafta davomida u menga hech nima demadi va barchamiz kutdik. Hech qanday ortiqcha savollar berilmadi. Men individual tarzda mashg'ulot qilib turdim. Kuman ham mening holatimni tushunib, barcha bilan bir xil munosabatda bo'ldi.

- "Barselona"da qolishingiz uchun kichkina bo'lsa-da, imkoniyat bormidi?
- Ha, agarda jamoa topilmasa, u menga doimgidek "Barselona" a'zosi bo'lib qolishimni aytgandi. Lekin men endi buyog'iga o'zim qaror chiqargim keldi va buni uddaladim.

Barchamiz hurmatni yo'qotmadik. Uning qarorini hurmat qilaman, Kuman ham mening professionalligimni aytgandi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal