Luis Suares: Kellinini atayin tishlamadim. Raqibga yuzim bilan urilib ketdim

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2014, 19:19
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares FIFAga Jorjo Kellinini atayin tishlamaganini aytib o'tdi.
Barchasi sizlar aytgandek bo'lmadi. Uni atayin tishlaganim yo'q. Kurash natijasida o'zimni boshqara olmay qoldim va yuzim bilan raqibga urildim.

Buning natijasida tishim sinishiga oz qoldi, – deydi Suares Associated Press nashriga.

Ammo 7 kishidan iborat qo'mita Kellinining atayin tishlanganini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, Suares ushbu vaziyatdan so'ng Urugvay terma jamoasining 9ta o'yinidan chetlatildi va 4 oy futbol o'ynash huquqidan mahrum bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru