Luis Enrike PSJ bilan ilk sovrinini qo'lga kiritdi

Aziz Tukhtamuradov
4 yanv 2024, 10:02
Luis Enrike PSJ bosh murabbiyi sifatida ilk sovrinini qo'lga kiritdi.

Parijliklar Fransiya Superkubogida "Tuluza"ni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Bu Luis Enrike uchun PSJ bosh murabbiyi sifatidagi birinchi sovrin bo'ldi. 

So'nggi marotaba u 2017 yilda "Barselona" ustozi sifatida sovringa ega chiqqandi. 

"Barselona"dan keyin murabbiy Ispaniya terma jamoasini boshqargan va Millatlar ligasida finalgacha yetib borgan. 

2023 yilning yozida esa u PSJ ustozi sifatida ish boshlagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia