"Lokomotiv" istirohat bog'ida "Loko" futbolchilaridan dastxat-shou

Xayrulla Xoliqov
17 mar 2019, 20:52
Bugun "Lokomotiv" istirohat bog'ida "Lokomotiv" futbolchilari va muxlislar o'rtasida uchrashuv tashkil qilindi.

Uch soatga yaqin davom etgan tadbir istirohat bog'iga tashrif buyurgan hamyurtlarimizda, ayniqsa o'smir-yoshlarda iliq taassurot qoldirdi. Chunki yoshlar o'zlarining sevimli futbolchilari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lishdi. 

O'lkamizda bahor havosi kezib yuribdi, Navro'z yaqin, shu bois bunday tadbir o'tkazish ayni muddao bo'ldi. Aytish mumkinki, bugungi uchrashuv "Lokomotiv" istirohat bog'ining majoziy manoda ochilish mavsumini boshlab berdi. Futbolchilar o'z muxlislariga dastxat ulashib esdalik suratga tushishdi. Tadbir davomida bir guruh sanatkorlar va guruhlar ham o'z chiqishlari bilan saylga kelganlarni xushnud etishdi. Bir so'z bilan aytganda, bugungi tadbir hammada iliq taassurot qoldirdi. 

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz