LLF SUPER LIGAda peshqadam o'zgardi

Xayrulla Xoliqov
9 noya 2022, 01:14
Havaskor futzalchilar o'rtasida o'tkazilayotgan LLF SUPER LIGA musobaqasining 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Dastlab natijalarni keltirib o'tsak:


Qatorasiga 5ta o'yindan beri birinchi o'rinda kelgan VOSTOK bu tur PHOENIX jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Natijada ketma-ket 6-g'alabasini nishonlagan UZPSB jadvalning birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. Jadvalning 3-pog'onasida DHL 12 ochko bilan bormoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqada 12ta jamoa ishtirok etmoqda va tur o'yinlari haftaning yakshanba kuni bo'lib o'tyapti. Musobaqani o'tkazishdan maqsad - havaskor sportchilarga bo'lgan e'tiborni oshirish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish.


6-tur ramziy terma jamoasi. Darvozabon - Rustam Shamsimuxametov (PHOENIX). Futzalchilar - Sanjar Auxatov (Suzane), Karen Avakyan (PHOENIX), Jamshid Rasulov (TTG), Shomaqsud Shobahromov (DHL). Tur murabbiyi - Shuhrat Tojiboev (DHL). 


To'purarlar ro'yxati:

12 gol - G'ayrat Ismoilov (UZPSB).

11 gol - Azamat Boymatov (VOSTOK), Diyor Murotov (GOV.RUK).


Eng yaxshi assistentlar:

7 - Soyibjon Safarov (UZPSB), Diyor Murotov (GOV.RUK).

6 - Shuhrat Ahmedov (UZPSB).

5 - Nodir Isroilov (DHL), Maqsud Fayzullayev (DHL), Odilxon Sadriddinov (ISTIQLOL), Sirojiddin Shokirov (TTG), Ahmadjon Jalolov (TTG), Jamshid Isaev (PHOENIX).


Navbatdagi tur 13 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar

Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia